Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:32

MTS mijozlarining yangi raqamlarini izlash xizmati ishga tushdi


Internetda tashkil etilgan "Mening yangi nomerim" deb nomlangan yangi loyiha MTC-O‘zbekiston uyali aloqa operatori faoliyati to‘xtatilgani sababli do‘stlari va biznes hamkorlarini yo‘qotib qo‘yganlarga yordamchi bo‘lishi mumkin.

Internetdagi Mynewnumber.uz portalida tanishlaringizning yangi telefon raqamlarini ularning eski raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Buning uchun Mynewnumber.uz portaliga kirib, tanishingizni eski raqamini kiritib¸ elektron pochta manzilingizni yozib qoldirsangiz¸ kifoya.

Do‘sitingizni yangi nomeri ma‘lumotlar bazasida paydo bo‘lishi bilan elektron pochtangizga ma‘lumot yuborilishi mumkin.

Shuningdek, yangi portal yordamida eski va yangi nomeringizni Mynewnumber.uz ma‘lumotlar bazasiga kiritish orqali o‘z yangi telefon raqamingizni tanishlaringizga yetkazishingiz mumkin.

Mynewnumber.uz xizmatidan foydalanish o‘zbekistonliklar uchun bepul.

Hozirga qadar o‘z tanishlarining yangi raqamini qidirish bo‘yicha 38 428ta talab tushgan.

3123 odam o‘z yangi nomerini do‘stu-tanishlariga yetkazish uchun yozib qoldirgan.

"MTS-O‘zbekiston" shirkati 17 iyul mahalliy vaqt bilan soat 18 dan aloqa xizmatini 10 ish kuniga to‘xtatgani haqida e‘lon qildi.

Bu qaror ortidan mijozlar qo‘l telefonlaridan qo‘ng‘iroq qilish va SMS xabar jo‘natish imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldilar.

O‘shandan buyon ko‘plab odam o‘z do‘stlari, tanishlari, ish va biznes bo‘yicha hamkorlarining yangi telefon raqamlarini topishda qiyinchiliklarga duch kelaëtganidan shikoyat qilmoqda.

O‘zbekistonda "O‘zdunrobita" mobil aloqa shirkatining 10 kun ichida qayta tiklanishidan umidini uzgan mijozlari yoppasiga boshqa shirkatga o‘tmoqda.

O‘zbekiston hukumati bilan muammolari boshlangunga qadar "O‘zdunrobita"ning 9 milliondan ortiq mijozi bo‘lgani aytiladi.
XS
SM
MD
LG