Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:39

Avji mavsumda Andijon tug‘ruqxonalari yopildi


Hozir butun Andijonga bitta 2-tug‘ruq kompleksi xizmat ko‘rsatmoqda.
Hozir butun Andijonga bitta 2-tug‘ruq kompleksi xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston tug‘ruqxonalari uchun iyul-avgust oylari chaqaloqlar ko‘p tug‘iladigan oy hisoblanadi. Ayni tug‘ruq mavsumida Andijondagi ikkita tug‘ruqxona ta‘mir uchun yopildi.

Bu haqda Andijondagi mobil muxbirimiz o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlarini yozib yubordi.

Mana o‘sha maktub:

“Salom. Andijonda hamma homilador ayollar shaharda ishlab turgan yagona tug‘ruqxonada tug‘ishga majbur bo‘layapti.

Sababi¸ Andijondagi 1 va 3- tug‘ruqxonalar xuddi kelishib olganday¸ birdaniga remont boshlab olishgan. Ishlab turgani faqat 2- tug‘ruqxona. Tug‘ruqxonada kuniga kamida 50-60 chaqaloq konveyyerdan tushib kelayapti.

Homiladorlarni yotqizish uchun xona tanqisligidan vrachlar o‘z xonalarini bo‘shatib berib¸ o‘zlari koridorlarda ishlab turishga majbur bo‘lishayapti.

Tug‘uruqxona bosh vrachi shunday ko‘rsatma bergan ularga. Oddiy kunlari bitta xonaga 3-4 homilador yotqizilgan bo‘lsa¸ hozirgi paytda bir xonada 6-7 tasi joylashtirilayapti.

Krovat yetmaganlariga esa¸ yerga matras tashlab joy qilib berishyapti. Shunga qaramasdan vrachlar homilador ayollarimizning har-biridan xabar olib turishga ulgurishayapti.”

Mobil muxbirimiz o‘z maktubiga Andijon tug‘ruqxonasida farzand kutayotgan ayol bilan suhbatini ham ilova qilibdi:

“Shunday tarzda tug‘ishga tayyorgarlik ko‘rib 3- farzandini tug‘ilishini kutib yotgan ayolga¸ siz shu sharoitda tug‘ishga qanday qaraysiz? degan savolga u ayol:

"9 oy qiylanib homilani ko‘tarib yurgan 1-2 kunlik qiyin sharoitga xam chidaymanda endi, deb javob berdi.”

Maktub Andijonda kuzatilayotgan 40-45 daraja issiqda farzand ko‘rishga shaylangan ayollarga ezgu tilaklar bilan yakunlangan.

Maktubni olgan zahotimiz Andijon viloyatidagi tug‘ruqxonalarga telefon qildik. Ammo tug‘ruqxona vakillari ham¸ viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (Oblzdrav) mulozimlari ham bu mavzuda gaplashishni istashmadi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ismi aytilmasligini istagan mulozimi bu yuzadan fikr bildirishga rozi bo‘ldi:

- Andijon Oblzdravi bu muammoni hal qilishi kerak. Har bir roddom yopilsa homilador ayollar rezerv roddomga biriktirilgan bo‘ladi. O‘sha roddomga borishi kerak homilador ayollar. O‘zi roddomlarda remont rejalangan bo‘ladi. "Moyka" deydi buni. Tug‘ruqxona tozaligi uchun zarur protsedura bu¸ deydi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mulozimi.

Aynan tozalik masalasida o‘zbek tug‘ruqxonalarida muammo bor¸ deydi Samarqandning Kattaqo‘rg‘onida vrachlik qiluvchi Abdurayim Bozorov.

Yalla to‘yidan keyingi alla to‘yi


O‘zbekiston tug‘ruqxonalari uchun iyul-avgust oylari chaqaloqlar eng ko‘p tug‘iladigan oy hisoblanadi.

Bu gapni Ozodlikka bildirgan vrach Abdurayim aka Bozorovga ko‘ra¸ ayni shu ikki oyni bemalol “qo‘zilatish mavsumi “ deb hisoblash mumkin.

- Men har yili kuzataman¸ har yili iyul avgustda ko‘p bola tug‘iladi. Bu yil esa bulturgi avgustdan ham ko‘proq bola tug‘ildi¸ deydi bu vrach.

Suhbatdosh iyul-avgust oyida ko‘p chaqaloq tug‘ish boisini to‘ylar mavsumi bilan bog‘laydi:

- To‘ydan keyin 9 oy o‘tgach farzand tug‘ilishini kutishadi. Ana shunaqa qilib farzandlar ham tug‘ilaveradi¸ deydi samarqandlik vrach.

Samarqandlik vrach bilan telefonda gaplashib turganimizda Andijondagi mobil muxbirdan yana mujda keldi:

- 2-roddom tarixida bo‘lmagan 70 ta chaqaloqni bir kunning o‘zida uyiga jo‘natish ustidan chiqtim.

70 ta !!! O‘ylab ko‘ring darvoza tagidagi korovul tog‘ani qilgan duolariyu va uni evaziga olgan suyunchi pullari!!! Kimdir 1000 so‘m¸ kimdir esa 10 000 ming so‘m beradi. Arziydi shu pulga ishlashga shu insonlar"¸ deb tugallanadi Andijondan kelgan maktub.
XS
SM
MD
LG