Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:05

Ermatov London olimpiadasida futbol turnirini ochib beradi


O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov London-2012 olimpiadasi erkaklar o'rtasidagi futbol turnirining ochilish o‘yinlaridan biriga bosh hakam etib tayinlandi.

Olimpiada rasmiy veb saytida yozilishicha, 26 iyul kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 12:00 da boshlanadigan Buyuk Britaniya va Senegal jamoalari ishtirokidagi o‘yin Ravshan Ermatovga topshirilgan.

Ermatovga qanotlarda laynsmenlar o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov yordam beradi.

O‘yin "Manchester Yunayted" futbol klubiga qarashli mashhur "Old-Trafford" stadionida bo‘lib o‘tadi.

2010 yilgi jahon chempionatining ochilish bellashuvi ham aynan Ravshan Ermatovga topshirilgandi.
XS
SM
MD
LG