Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:06

Karimov oltin medal sohibiga 150 ming dollar va‘da qildi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov qaroriga ko‘ra, London olimpiadasida ishtirok etayotgan 54 sportchidan kimki oltin medalni qo‘lga kiritsa, 150 ming AQSh dollar miqdorida mukofot puli oladi.

Prezident Islom Karimov Londondagi Olimpiada o‘yinlari sovrindorlari va ishtirokchilarini mukofotlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Ayni qarorda kumush va bronza medali sovrindorlariga ham prezident tarafidan pul mukofotlari berilishi aytilgan.

Jumladan, kumush medal sohibiga 75 ming, bronza medalga ega bo‘lgan sportchiga 50 ming dollar va‘da qilinmoqda.

O‘zbkistonni Olimpiadada 16 ta sport turi bo‘yicha jami 54 ta sportchi taqdim etadi.

O‘zbekiston dzyudo, boks, erkin kurash va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha sport turlarida kamida 4 ta medalga umid qilmoqda.

O‘zbek sportchilari yana suzish, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, trampolindan sakrash, velosport, tennis, taekvondo, o‘q otish, yengil va og‘ir atletika kabi sport turlari bo‘yicha qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, 2008 yilgi Pekindagi Olimpiada payti O‘zbekiston prezidenti oltin medal uchun 100 ming dollar, kumush medal uchun 50 ming dollar va bronza medali uchun 25 ming dollar bergan edi.

25 iyul kuni Londondagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi.

Ayni paytda O‘zbekiston olimpiyachilari delegatsiyasining asosiy guruhi yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish uchun Londonga yetib kelgan.

27 iyulga belgilangan Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini taniqli o‘zbek bokschisi Elshod Rasulov ko‘tarib chiqadi.

London-2012 Olimpiada o‘yinlarining birinchi tadbiri chorshanba kuni – Olimpiadaning ochilish marosimida ikkin kun avval o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida ayollar futboli bo‘yicha besh uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Ularda Buyuk Britaniya-Yangi Zenlandiya, Frantsiya-AQSh, Yaponiya-Kanada, Kamerun-Braziliya va Kolumbiya-Shimoliy Koreya juftliklari bellashadi.

26 iyul kuni o‘tadigan erkaklar futboli bo‘yicha ochilish o‘yinlarining birida o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov hakamlik qiladi.

Unga qanotlarda yana bir o‘zbekistonlik hakam Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik hakam Bahodir Qo‘chqorovlar yordam beradi.
XS
SM
MD
LG