Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:47

O‘zbekiston endi "doktor"lar mamlakati bo‘ladi


2013 yilning yanvaridan boshlab O‘zbekistonda “fan nomzodi” ilmiy darajasini berish to‘xtatilib¸ uning o‘rniga faqat “fan doktori” ilmiy darajasi beriladigan bo‘ldi.

24 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov imzolagan yangi farmon bilan ana shu o‘zgartish kuchga kirdi.

Farmon “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiya o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” deb nomlanadi.

Ushbu farmonda kiritilaëtgan yangi o‘zgartishlar O‘zbekistonda oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonining xalqaro standartlarga o‘tib borish bilan izohlanadi.

Farmonda belgilanishicha, kelasi 2013 yilning boshidan boshlab ikki darajali, ya‘ni fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalari bekor qilinib, uning o‘rniga bir darajali “fan doktori” joriy qilinadi.

O‘z ismini oshkor qilishni istamagan O‘zbekiston Oliy attestatsiya komissiyasi mutasaddisi, ushbu farmonni quyidagicha sharhlab berdi.

- Prezident farmoni chiqqani bilan, yangi tizimga tezda o‘tib qolish qiyin. Bizda bu masala bo‘yicha 12 iyulda maxsus majlis bo‘lib o‘tgan edi va 1 sentyabrgacha tadqiqotchilarni, ilmiy xodim va izlanuvchilarni OAKmizning veb sahifasiga takliflarini yuborishlarini so‘ragan edik. Hozirda takliflar kelib tushmoqda. O‘sha takliflar asosida bizda loyiha ishlab chiqilmoqda. Qaror chiqqani bilan, noyabr oyigacha loyiha ishlab chiqaramiz va kelasi 2013 yilning yanvaridan yangi tizimga o‘tib boshlaymiz, deydi Oliy attestatsiya komissiyasi mutasaddisi.

Mutasaddi¸ yangi bir darajali tizimga o‘tilganidan so‘ng¸ uning hozirga qadar ilmiy daraja olganlarga ta‘siri bo‘lmasligini aytadi:

- Shu paytgacha kimki “fan nomzodi” yoki “fan doktori” ilmiy darajalarini olgan bo‘lsa, ular shu holaticha saqlanib qolaveradi. Lekin yangi yildan boshlab himoya qilayotganlar uchun faqatgina “fan doktori” unvoni beriladi, xolos.

Ayni paytda, “fan doktori” ilmiy darajasini olish uchun hozirgi “fan nomzodligi” darajasini olishga nisbatan imtihonlar va ilmiy talablar oshiriladi. Yangi talablar qanday bo‘lishini hozirdan ayta olmaymiz, chunki aytganimdek, loyiha ishlab chiqilmoqda. Lekin ba‘zi takliflarga ko‘ra ilmiy ish jarayonidagi imtihonlar uch tilda bo‘lishi kerakligi aytilsa, boshqa takliflarda ikki tilda bo‘lishi lozimligi muhokama qilinmoqda, deydi Oliy attestatsiya komissiyasining Ozodlik muxbiri suhbatlashgan mutasaddisi.
XS
SM
MD
LG