Линклар

logo-print
Londonda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiadaning rasmiy ochilish marosimi juma kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda esa Olimpiada doirasida ayollar orasida futbol chempionati boshlandi.

Birinchi o‘yinlarda Britaniyalik fqutbolchi qizlar Yangi Zelandiya, AQSh ayollar futbol jamoasi Frantsiya, Yaponiya esa Kanada, Braziliya Kamerun, Shvetsiya esa Janubiy Afrika jamoalari ustidan g‘alaba qozondi.

Shimoliy Koreya va Kolumbiya o‘rtasidagi o‘yin esa bayroqlar tufayli paydo bo‘lgan tushunmovchilik oqibatida bir soat ortga surildi.

Shimoliy Koreya komandasi o‘yinchilar nomi yozilgan tabloda Janubiy Koreya bayrog‘i paydo bo‘lganiga norozilik sifatida futbol maydonini tark etishdi.

Tashkilotchilar buning uchun Shimoliy Koreya jamoasidan uzr so‘radi.

O'yin 2:0 hisobida Shimoliy Koreya foydasiga hal bo'ldi.
XS
SM
MD
LG