Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:15

Toshkentning Oqtepasidagi uylar buzilmoqda


Bundan oldin ham Toshkentning qator tumanlarida xususiy hovli-do‘konlarning buzilishi aholi noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
Bundan oldin ham Toshkentning qator tumanlarida xususiy hovli-do‘konlarning buzilishi aholi noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Oqtepa va Farhod bozori oralig‘idagi hududda joylashgan xususiy uylarni buzish¸ shahar hokimiyati qarori va Toshkentni 2030 yilga qadar rekonstruktsiyalash rejasiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahridagi Farhod bozori yaqinidagi mahallalardagi uylar buzilmoqda.

Buzilaëtgan uylarning Toshkent shahrining Oqtepa mavzesi¸ Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab joylashgani bildirildi.

Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimiyatining o‘zini Umarjon deb tanishtirgan muhandisi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda Lutfiy ko‘chasidagi buzilish holatiga aniqlik kiritdi.

Mulozimga ko‘ra¸ Oqtepa va Farhod bozori oralig‘idagi hududda joylashgan xususiy uylarni buzish¸ shahar hokimiyati qarori va Toshkentni 2030 yilga qadar rekonstruktsiyalash rejasiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimiyati muhandisiga ko‘ra¸ Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab buzilaëtgan turar joylari o‘rniga yangi to‘rt qatorlik yo‘l tushadi.

Buzilaëtgan uylarga yaqin hududda istiqomat qiladigan 62 yashar haydovchi Jalol aka Jabborov bu yo‘l qurilishidan manfaatdorligini aytadi.

- Bu uylar o‘zi Sovet davrida buzilishi kerak edi. Egri-bugri bo‘lib yo‘lni kichraytirib turuvdi. Agar bu yo‘l kengaymasa¸ haydovchilarga qiyin bo‘ladi. Mahallalar ichidagi jin ko‘chalarni aylanib yurishga to‘g‘ri keladi.

Jalol akaga ko‘ra¸ bu uylar bundan 50-60 yil oldin shahar ma‘muriyati tarafidan qurilgan muvaqqat turar-joylardir:

- Bularni uy deb ham bo‘lmasdi aslida. Buzilaëtgani yaxshi. Keng ravon yo‘l quriladi. Qatnov yahshilanib yo‘ldagi tiqinlar barham topadi¸ deydi Jalol aka.

Hamma ham xursand emas


Uyi buzilaëtganlarga shahardagi ko‘p qavatli uylardan kvartira berilishi bildirildi.

Ammo buning uchun buzilgan uyda propiska qilingani haqida hujjat va uy sohibligi borasida qog‘ozlar kerak.

Bu uylardan birida yashab kelgan Pavel ismli 34 yashar yigit Ozodlikka bunday qog‘ozlarga ega bo‘lmagani bois¸ ko‘chada qolaëtganini bildirdi.

Pavelga ko‘ra¸ bu uylar bilan bog‘liq barcha huquqiy harakatlar o‘n yillar oldin muzlatib qo‘yilgan.

- Uylar buzilishga mahkum deb¸ yillar mobaynida biz propiska qilinmasdan yashab keldik¸ deydi Pavel.

Shu uylar atrofida istiqomat qiluvchi Jalol aka Jabborov esa bu borada muammo yo‘qligini aytadi:

- Tovon to‘lash borasida muammo chiqsa¸ sudga murojat qilish mumkin. Agar barcha hujjatlari to‘g‘ri bo‘lsa¸ tovon masalasi ham¸ o‘rniga o‘rin uy joy masalasi ham hal bo‘ladi¸ deydi suhbatdosh.

Bundan oldin shahar hokimligining Toshkentni obodonlashtirishga oid qaroriga ko‘ra, Eski Jo‘va bozori ortidagi mahallada 47 ta imorat buzilgan edi.

Bundan tashqari Toshkentning boshqa tumanlarida ham uy buzilishlari bilan bog‘liq janjallar kuzatilgan.

Aksariyat hollarda uyi buzilganlar tovon puli oz bo‘lgani va buzilgan uy o‘rniga berilgan kvartiraning nomunosibligidan shikoyat qilishmoqda.
XS
SM
MD
LG