Линклар

logo-print
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un uylandi. Bu haqda mamlakat telekanallari xabar berdi.

Xabarlarga ko'ra, "oliy rahbar", "tonggi yulduz qiroli" va "atoqli fuqaro" Kim Chen Un tug'ilgan yili va oldingi faoliyati oshkor etilmagan Ri Sol Yu ismli ayolga uylandi.

Shimoliy Koreya rahbari so'nggi ikki-uch hafta mobaynida mahalliy televideniyada noma'lum ayol hamrohligida bir necha bor chiqish qilgan edi.

Ushbu ayolning shaxsi ko'pchilikni qiziqtirib kelayotgan edi.

Ri Sol Yuning qachon tug'ilgani haqida aniq ma'lumot yo'q. Suratlarga asoslanib uni 23-27 yoshlarda ekani tahmin qilsa bo'ladi.

30 yoshdaligi aytiladigan Kim Chen Un o'tasi Kim Chen Ir 2011 yilning 17 dekabrida 69 yoshida yurak xurujidan o‘lganidan so'ng hokimiyat tepasiga kelgan edi.
XS
SM
MD
LG