Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:01

Tojikistonda YouTube saytiga to'siq qo'yildi


Karl Jonsson surati.
Karl Jonsson surati.
Tojikiston internet provayderlari qator veb saytlarni, jumladan taniqli YouTube video portalini to'sib qo'ydi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog'idagi tojikistonlik foydalanuvchilar ma'lum qilmoqda.

Blok qilingan saytlar orasida bundan avval ham bir necha bor blok qo'yilgan Aziya-Plyus axborot agentligi internet sahifasi ham bor.

Kuzatuvchilarga ko'ra, saytlarga blok qo'ylishiliga ularda Tog'li Bodoxshon mintaqasida olib borilgan harbiy amaliyotlarga oid ma'lumotlarning chop etilishi sabab bo'lgan.

Seshanba kuni Tojikiston maxsus kuchlari mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi generali Abdullo Nazarovning o‘limiga aloqador shaxslarni ushlash bo‘yicha Tog‘li Badaxshon viloyati markazi Xorug‘ shahrida maxsus harbiy amaliyot boshlaganini ma‘lum qilgandi.

Hukumat rasmiylariga ko‘ra, harbiy amaliyotlar chog‘ida 42 kishi - 12 nafar harbiy va 30 nafar janggari halok bo'ldi. Oddiy fuqarolar orasidagi yo'qotishlar haqida aniq ma'lumot yo'q.

Ayni damda Tog'li Bodoxshon bilan aloqa uzilgan. Tojikiston hukumati qoshidagi Aloqa xizmati rahbari Beg Zuhurovga ko'ra, harbiy amaliyotlar o'tgan mintaqa bilan aloqaning uzilishiga texnik muammolar sabab bo'lgan.

- Xorug'da o'tgan amaliyotlar davomida aloqa simlariga o'q tekkan. Chunki u yerdam simlar yer ustidan o'tadi, - dedi Zuhurov.

Hozircha telefon aloqasi va internetsiz qolgan Tog'li Bodoxshon bilan sputnik telefonlari orqali bog'lanish mumkin.
XS
SM
MD
LG