Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:08

Tog‘li Badaxshonda militsiya otryadiga hujum qilindi


Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida noma‘lum shaxslar yo‘l bo‘yidagi oshxonada ovqatlanayotgan militsiya maxsus otryadiga hujum qildi. Ma‘lumotga ko‘ra, otryadning uch jangchisi yaralangan va kasalxonaga yotqizilgan.

Yigirma kishidan iborat bo‘lgan militsiya maxsus otryadi muxtor viloyat markazi Xorug‘ shahriga ketayotgan bo‘lgan .

Ayni paytda Vashingtonda payshanba kuni AQShda yashayotgan yigirmaga yaqin tojikistonlik Tojikiston elchixonasi oldida Tog‘li Badaxshonda o‘tkazilgan harbiy amaliyotga norozilik sifatida piket o‘tkazdi.

Tog‘li Badaxshonda yuqori martabali chekist, general Abdullo Nazarov qotillarini qo‘lga olish yuzasidan 24-25 iyul kunlari o‘tkazilgan harbiy amaliyotda 42 odamning o‘ldirilgani xabar qilingan edi.
XS
SM
MD
LG