Линклар

Dzyudo xalqaro federatsiyasi Saudiya Arabistoni sportchisi Vojan Shahirxoniyga London Olimpiadasi doirasida o‘tkaziladigan musobaqalarda hijobda ishtirok etishni taqiqladi.

Qarorda aytilishicha, 18 yoshli sportchi qiz musobaqada dzyudo qoidalariga muvofiq boshi ochiq holda ishtirok etishi shart.

Dzyudo xalqaro federatsiyasi sportning mazkur turida sportchilar xavfsizligiga alohida e‘tibor berilishini, hijob sportchi salomatligiga ziyon yetkazishi mumkinligini bildirgan.

Shahrixoniy va kelib chiqishi amerikalik bo‘lgan yengil atletikachi Sora Attor Saudiya Arabistonidan Olimpiadada qatnashayotgan birinchi ayollardir.

Saudiya Arabistoni hukumati bu ikki ayolni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va huquq faollari bosimi ostida o‘z Olimpiada terma jamoasiga kiritishga majbur bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG