Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:57

London-2012: Ispaniya "pley-off" bosqichiga chiqolmaydi


Londonda o'tayotgan XXX Yozgi Olimpiya o'yinlarida futbol bo'yicha Ispaniya terma jamoasi Gonduras terma jamoasiga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini boy berdi.

"St James Park" stadionida o'tgan uchrashuvdagi hisob o'yinning 7-daqiqasidayoq Jerri Bengston tarafidan ochildi. Yosh "qizil furiyalar"ning qator urinishlariga qaramasdan o'yin ohirigacha hisob o'zgarmadi.



"D" guruhida o'rin olgan Ispaniya jamoasi 26 iyul kuni o'tgan birinchi tur uchrashuvida Yaponiya jamoasiga 0:1 hisobida o'yinni boy bergan edi. Guruh o'yinlarining so'nggi bosqichida Ispaniyaliklar taniqli "Old Trafford" stadionida Morokko jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Biroq 1 avgust kuni o'tadigan ushbu o'yin Ispaniya jamoasiga "pley off" chiqich uchun hech qanday imkoniyat yaratmaydi.

Ikkinchi tur o'yinlaridan so'ng "D" guruhida olti ochko bilan Yaponiya jamoasi yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda to'rt ochko bilan Gonduras. Ispaniya va Morokko jamoalari horircha ochkosiz.

Eslatamiz, futbol bo'yicha olimpiya terma jamoalarida asosan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar qatnashadi. Olimpiya terma jamoalari tarkibida yoshi 23 dan yuqori bo'lgan futbolchilarning soni uchtadan ko'p bo'lmasligi shart.

29 iyul kuni o'tgan boshqa o'yinlar natijalari: Buyuk Britaniya-BAA 3:1, Janubiy Koreya-Shveysariya 2:1, Yaponiya-Morokko 1:0, Senegal-Urugvay 2:0, Braziliya-Belorus 3:1, Meksika-Gabon 2:0, Misr-Yangi Zenlandiya 1:1.
XS
SM
MD
LG