Линклар

Tojikistonda qator internet provayderlar Buyuk Britaniyaning Bi-Bi-Si teleradiokanali va Rossiyaning "Vesti" telekanali saytlarini to'sib qo'ydi. Bu haqda CA-News axborot agentligi xabar qilmoqda.

Tojikistonlik internet foydalanuvchilariga ko'ra, mazkur saytlarga kirish yo'li 29 iyul kuni tunda to'sib qo'yilgan.

Avvalroq ham qator veb saytlarga blok qo'ygan Tojikiston hukumati qoshidagi Aloqa xizmati yangi to'siqlarni hozircha izohlagani yo'q.

Bi-Bi-Si va "Vesti" saytlari Tojikistonning ayrim provayderlari tarmog'ida ochiqligi aytilmoqda.

Bir necha kun avval Tojikiston hukumati taniqli YouTube videoportalini to'sib qo'ygan edi. Kuzatuvchilar bunga YouTube saytiga yuklangan Xorug' shahridagi notinchliklar tasvirga tushirilgan videolar sabab bo'lganini tahmin qilishmoda.
XS
SM
MD
LG