Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:28

Toshkentda iftorlik xarajatiga qancha ketadi?

​Ramazonda bozor-o‘char qilishning boshqacha gashti bor-da! Og‘zingizni yopib olganingiz uchunmi, manziratni moliga qo‘shib pullab yuborgan tujjorlarning qo‘polligi ko‘zingizga ko‘rinmaydi.

Olibsotarlarning “Etti pushtim dehqon o‘tga-an” qabilidagi iddaolariga ham ko‘pda g‘ashingiz kelmaydi...

“Kep qoling, nisholdadan op qoling! Asl nisholda – asal nisholda!” Ramazonning tansiq shirinligi 1500 so‘mdan 4000 so‘mgacha turadi. Nisholda solish uchun bir paytlar kosa ishlatilgandi, esingizdami? Ko‘hna idish o‘z o‘rnini plastikka bo‘shatib bergan. Xohlasangiz – Cola, xohlasangiz Nescafega soldiring.

Eski shaharning bo‘rsildoq patirlari! Sutga qorilgan xamirdan, tandirda tobiga keltirib pishirilgan! 1200 so‘mdan 3000 so‘mgacha.

“Oling, amaki, ozroq o‘tib beraman”. Non sotuvchilar orasida bolakaylar ham serob. Ammo qo‘li erta pul ko‘rgan kichik bozorchilar pishiq-puxtalikda kattalarga ham dars beradi.

Iftor dasturxonini uzum bezasin-da! Anvoyi nav uzumlarning bozori chaqqon. Kishmish – 2500 so‘m, novvot kabi tovlanib turgani – 3000.

Yirik donali, qahraborang uzum qimmatroq: 5000-6000 co‘m. Bu qaysi nav edi-ya... Ha, esga keldi, “Rizamat ota”! Bu uzumlar “Tannoz xonimning barmog‘i” (damskaya palochka) navidan ham qimmat yuradi.

“Luchchak ham, nashvati ham 3000. Lekin yo‘lida qilib beraman”.

Yuz bir dardga davo shotut chiqibdi. Glyukozaga kon tansiq va tanqis ne‘matning kilosi 7000.

Quruq mevalar uchun cho‘ntakni chuqurroq kavlashga to‘g‘ri keladi: jiyda – 5500 so‘m, yong‘oq – 6000, mayiz – 9000-12000, turshak – 9000-10000.

Novvot 6000 so‘mga ko‘tarilibdimi? Yozda tushib ketardi, shekilli. Ha-ya, mo‘ysafidlarimiz kun bo‘yi chanqamaslik uchun saxarlikda novvot choy ichishni tavsiya etishadi-ku!

“Elga xizmat” plastik kartochka orqali savdo taklif qiladi. Faqat... mahsulotlar “qo‘l”dagidan andak qimmatligiga chidaysiz-da.

Go‘sht arzonladi deb do‘ppingizni osmonga otmang! Bu ko‘rgazmaga qo‘yilgan narx. Aslida, mol go‘shti 19000-20000, lahmi undan ham qimmatroq.

Guruch va dukkakli ekinlarni ham ola ketishni unutmang.

Yozuvchi Anvar Obidjonning qahramonlaridan biri ta‘biricha, “qora bodring” – baqlajonni bundan ham arzonga topsa bo‘ladi.

“Bolam, oling, oshko‘klarning uch bog‘i ming so‘m bo‘p ketdi!”

Kartoshkani Yevropada “ikkinchi non” deyisharmidi? O‘zbekistonda juda “ikkinchi” bo‘lmasa ham, “uchinchi”ga aylanib qoldi.

Bodring va pomidorni ikki haftacha oldin ming so‘mga uch kilodan olsa bo‘lardi. Hozir bodring 1200, pomidor 800ga ko‘tarilgan.

Sotuvchilarning ishontirishicha, bu xonadon tuxumi. Donasi – 300 so‘m. Ta‘bga to‘g‘ri kelsa, bedananikidan ham xarid qilish mumkin.

Ishqilib, onaxonning shaftoli va uzumiga tezroq xaridor chiqsin...

Chorsuning mashhur ovqat bozoridan odam qadami uzilgan. Kabobpaz qo‘rasi olovini pasaytirib qayergadir g‘oyib bo‘lgan. Lekin bu vaqtincha, hali og‘izochar bo‘lsin, ro‘zadorlar to‘lib ketadi.

Nozikroq joyga mehmonga otlansangiz, xaridingizni bejirim savatlarga joylasangiz bo‘ladi.

Yukingiz ko‘payib ketsa, hojatbaror aravakashlar arzimagan haq evaziga og‘iringizni yengil qiladi.

Biri laganda anor, biri palovxonto‘ra, yana biri choynagu piyola ko‘targan otaxonlar ham og‘izocharni intiq kutyaptimi deyman...

XS
SM
MD
LG