Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:24

London-2012: Denis Istomin Rojer Federerga qarshi


London Olimpiadasida O‘zbekiston sha‘nini himoya qilayotgan tennischi Denis Istomin 3-bosqich uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Rojer Federer bilan bellashadi.

Uchrashuv 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Birinchi bosqich uchrashuvida Denis Istomin dunyodagi 16 raketka hisoblanmish ispaniyalik Fernando Verdasko ustidan g‘alaba qozondi. Ikkinchi bosqichda esa toshkentlik tennischi uch setda lyuksemburglik Jil Myullerni mag‘lub etdi.

Dunyo reytingida 35-o‘rinda borayotgan Denis Istomin bungacha shveytsariyalik Rojer Federer bilan ikki marotaba bellashgan. Ikkala uchrashuv ham Federer foydasiga yakunlangan edi.

Eslatamiz, bugun, 31 iyul kuni Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sha‘nini O‘ktamjon Rahmonov (boks, 64 kg), Yahyo Imomov (dzyudo, 81 kg) va Bahrom Mendiboyevlar (og‘ir atletika, 69 kg) himoya qilishadi.
XS
SM
MD
LG