Линклар

AQShning Kolorado shtatidagi kinoteatrda tomoshabinlarni o‘qqa tutgan Jeyms Holmsga nisbatan rasmiy ayblovlar e‘lon qilindi.

12 kishini o‘ldirgan va yana 58 kishini yaralagan Holmsga jami 142 ayblov qo‘yildi.

Har bir jinoiy punkt bo‘yicha ikki banddan ayblangan Jeyms Holms jami 24 birinchi darajali qotillik va 116 suiqasdda ayblanmoqda.

AQSh qonunlariga ko‘ra, birinchi darajali qotillik uchun sudlanuvchi bir umrlik qamoq jazosi yoki eng oliy jazo - o‘limga hukm qilinishi mumkin.

24 yoshli Jeyms Holms uy sharoitida portlovchi modda yasagani uchun ham sud oldida javob berishi kutilmoqda.

Holmsni qotillikka undagan sabablar hozircha oshkor etilmayapti.
XS
SM
MD
LG