Линклар

2012 yil 1 avgust kuni O‘zbekistondagi mobil operatorlarining qo‘shimcha (SMS, MMS, WAP va GPRS) xizmatlari 08:30dan 13:30gacha o‘chiriladi.

Ovozli qo‘ng‘iroqlar odatdagi tartibda ishlaydi.

Mobil operatorlarining qo‘shimcha xizmatlarga cheklovi har yili oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari o‘tkaziladigan kunda joriy qilinadi.

O‘tgan yil O‘zbekistonda test sinovlari 2 avgust kuni o‘tkazilgan edi.

Ucell operatoriga ko‘ra, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining mobil operatorlari qo‘shimcha xizmatlariga cheklov joriy qilish haqdagi qarori 30 iyul kuni olingan.
XS
SM
MD
LG