Линклар

logo-print

31 iyul kuni Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi aksariyat avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari ishlamagani bois benzin taqchilligi yuzaga keldi.

Poytaxtdagi UzGazOil, Rakat Oil, Poytaxt Oil, Mustang singari yoqilg‘i quyish tarmoqlari 31 iyul kuni faoliyat ko‘rsatmagani sababli yuzaga kelgan sun‘iy defitsit ayrim AYoQShlarda turnaqator navbatlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Toshkentning Katta xalqa yo‘lidagi Shamd avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi operatori Nosir Hamidovning ta‘kidicha, 1 avgustdan boshlab, benzin xarid narxi 15 foizga ko‘tarilishi mumkin va shu bois aksar AYoQSh bugun faoliyat yuritmayapti.

Har yili 31 iyulda xuddi shu hol yuz beradi, chunki aksar hollarda yilning 1 avgustidan narx oshadi.

Poytaxtning O‘zgarish dahasidagi Mustang avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasi xodimasi Xosiyatning aytishicha, benzin narxi joriy yilda 1 avgust emas¸ 1 sentyabrdan oshadi.

"Benzokolonkalar zahiralarida yetarlicha benzin bor, ammo AYoQShlar ma‘murlari ularni qimmat narxda sotish uchun shahobchalarni yopib o‘tiribdi"¸ deydi bu AYoQSh xodimasi.

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi dispetcherlik xizmati poytaxt va viloyat markazlarida yuzaga kelgan benzin taqchilligi bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermadi.

Hozirda AYoQShlarda Ai-80 markali benzinning bir litri 1605 so‘m, Ai-91 benzini narxi esa 1755 so‘mni tashkil qiladi. Aksariyat viloyat va tumanlarda benzinning rasmiy sotuvi amalda yo‘q, uning qo‘ldagi bahosi esa 2500-3000 so‘mdir.
XS
SM
MD
LG