Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:42

O‘zbekiston jamoasi uchun yana bir mag‘lubiyat kuni


O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin dunyo birinchi raketkasi Rojer Federerga qarshi o'tgan o'yinda.
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin dunyo birinchi raketkasi Rojer Federerga qarshi o'tgan o'yinda.

London olimpiadasining beshinchi kunida gimnastikachi Luiza Galiulina Olimpiya qishlog‘idan haydaldi. Tennischi Istomin, Qilichboz Kudayev va dzyudochi Dilshod Choriyevlar musobaqalarini mag‘lubiyat bilan yakunladi.

Tennischi Istomin Federerga mag‘lub bo‘ldi


London Olimpiadasida O‘zbekiston sha‘nini himoya qilayotgan tennischi Denis Istomin 3-bosqich uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Rojer Federerga mag‘lub bo‘ldi.

Ikkita set natijasiga ko‘ra, Istomin 5:7 va 3: 6 hisobida g‘alabani boy bordi.

Dunyo reytingida 35-o‘rinda borayotgan Denis Istomin shveytsariyalik Rojer Federer bilan jami uch marotaba bellashgan. Uchala uchrashuv ham Federer foydasiga yakunlangan.

Olimpiada musobaqasining birinchi bosqich uchrashuvida Denis Istomin dunyodagi 16 raketka hisoblanmish ispaniyalik Fernando Verdasko ustidan g‘alaba qozondi.

Ikkinchi bosqichda esa toshkentlik tennischi uch setda lyuksemburglik Jil Myullerni mag‘lub etdi.

Gimnastikachi Galiulina haydaldi


XXX Yozgi Olimpiada o‘yinlarida Badiiy gimnastika bo‘yicha ishtirok etishi lozim bo‘lgan o‘zbekistonlik Luiza Galiulina doping testidan o‘ta olmagani sababli Londondagi Olimpiya qishlog‘idan haydaldi.

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, Intizom komissiyasining ikkinchi doping test natijasi bo‘yicha yakuniy qarori ham Luiza Galiulinaning foydasiga bo‘lmagan.

Qo‘mita 25 iyul kuni olingan doping test natijasiga ko‘ra, Galiulinaning organizmida ta‘qiqlangan (diuretik preparatga aloqador) furosemid moddasi topilgani haqida xabar qilgan edi.

Shundan keyin 20 yoshli Galiulina olimpiada musobaqalaridan vaqtincha chetlatilgan edi. Ikkinchi test natijasi ham salbiy chiqqach Galiulinani Olimpiya qishlog‘idan chiqarib yuborishga qaror qilingan.

Galiulina 2005 yilda Qatarda o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, u 2010 yilda Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham bronza medal sohibasi bo‘lgan edi.

Luizaning London olimpiadasida ham yaxshi ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishi kutilayotgan edi.


Dzyudochi Choriyev bronzadan quruq qoldi


Qashqadaryolik 27 yoshli dzyudochi Dilshod Choriyev (90 kg) chorak finalda braziliyalik 30 yoshli Tiago Kamiloga g‘alabani boy berdi.

Choriyev shvetsiyalik Markus Nayman va vengriyalik Tamas Madaraszni yengib, chorak finalga chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Dilshod bronza medal uchun yaponiyalik raqibi Masashi Nishiyama bilan bo‘lgan musobaqada esa mag‘lubiyatga uchradi.

Qilichboz Kudayev chorak finaldan qaytdi


London olimpiadasida O‘zbekiston sha‘nini himoya qilayotgan qilichboz Ruslan Kudayev chorak finaldan qaytishga majbur bo‘ldi.

32 yoshli Kudayev chorak finalda raqibi venesuellalik 33 yoshli Silvio Fernandezga mag‘lub bo‘ldi.

Kudayev 1/16 final bosqichida koreyalik raqibi 27 yoshli Kuongdo Parkni 15:9 hisobida mag‘lub qilgan edi.
XS
SM
MD
LG