Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:04

London-2012: Galiulina Olimpiya qishlog‘idan haydaldi


O'zbekistonlik gimnastikachi Luiza Galiulina Xitrou aeroportida.
O'zbekistonlik gimnastikachi Luiza Galiulina Xitrou aeroportida.
XXX Yozgi Olimpiada o‘yinlarida Badiiy gimnastika bo‘yicha ishtirok etishi lozim bo‘lgan o‘zbekistonlik Luiza Galiulina doping testidan o‘ta olmagani sababli Londondagi Olimpiya qishlog‘idan haydaldi.

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, Intizom komissiyasining ikkinchi doping test natijasi bo‘yicha yakuniy qarori ham Luiza Galiulinaning foydasiga bo‘lmagan.

Qo‘mita 25 iyul kuni olingan doping test natijasiga ko‘ra, Galiulinaning organizmida ta‘qiqlangan (diuretik preparatga aloqador) furosemid moddasi topilgani haqida xabar qilgan edi.

Shundan keyin Galiulina olimpiada musobaqalaridan vaqtincha chetlatilgan edi.
Ikkinchi test natijasi ham salbiy chiqqach Galiulinani Olimpiya qishlog‘idan chiqarib yuborishga qaror qilingan.
XS
SM
MD
LG