Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:10

Qo‘yliq bozorida "qo‘l go‘shti" sotish taqiqlandi


Bozor ma‘muriyati bu holatni SES nazoratidan o‘tmasdan¸ sanitariya qoidalariga zid ravishda sotilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining salomatlik uchun xavfli ekanligi bilan izohlamoqda.

Qo‘yliq dehqon bozorida sotuvchilik qilayotgan Abdurashidning aytishicha, ikki kundan beri bozorda maxsus do‘konlardan tashqarida go‘sht sotish taqiqlangan:

- Qo‘yliq bozorida biz ham tirikchilik qilamiz. Bir-ikki kun oldin go‘shtdan kasallik chiqdi¸ degan gap tarqalib qoldi. SESni Damas mashinalari bor, o‘shalar keldi. Ochiqda go‘sht sotayotganlarni hammasini yopib tashladi. Faqat SESni pechati bosilgan, bozor inspektsiyasi nazoratidan o‘tgan go‘shtlar sotilyapti. Shunga go‘sht bir oz tortilib qoldi. Bu esa go‘sht narxining bir oz ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 18 ming so‘mdan olardik, hozir 19 ming so‘mdan sotishyapti. Bizni postoyanni oladigan joyimiz bor edi, rastalarda. O‘shalar sotilmay qoldi, deydi Abdurashid.

Qo‘yliq bozoridagi bu savdogarning aytishicha, rastalarda go‘sht sotilishining taqiqlanishi mustaqil ravishda mol so‘yib go‘sht sotadigan xususiy tadbirkorlarda norozilik uyg‘otgan.

O‘zbekiston inson huquqlari Alyansi bozorda xususiy tadbirkorlar noroziligi militsiya tomonidan bostirilgani haqida xabar tarqatdi.

Ayni paytda¸ 2 avgust kuni Qo‘yliq dehqon bozori mulozimi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda tadbirkorlar norozilik bildirgani va go‘shtdan kasallik chiqqani haqidagi xabarlarni rad qildi. Bu mulozimning aytishicha, yozning issiq kunlarida go‘shtni sovutgichsiz ochiq joyda sotish taqiqlangan va bozor ma‘muriyati shunga qarshi tadbirlar o‘tkazgan:

- Sanitariya qoidalariga javob bermagan go‘sht mahsulotlarini ochiq joyda sotish mumkin emas. Bilasizku¸ yerda sotilayotgan mahsulotlar qanaqa bo‘ladi. Bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlarini oftobda sotayotganlar bo‘ladi. O‘shalarga qarshi kurashayapmiz. Bunday tadbirlar har kuni o‘tkazilayapti, deydi bozor mulozimi.

Bu mulozimning aytishicha, ayni paytda fermer xo‘jaliklari bozorda arzon narxda go‘sht sotishni yo‘lga qo‘yganlar. Bu go‘shtlar ham bozor qoshidagi SES nazoratidan o‘tkazilgandan keyin sotuvga chiqariladi.

Toshkent bozorlarida go‘sht va go‘sht mahsulotlari odatda bozorlardagi maxsus do‘konlar sovutgichlariga qo‘yilgan tarzda¸ shuningdek bozor rastalarida oldindan bo‘laklanib¸ qog‘ozga o‘ralgan holda sotiladi.

Ozodlik suhbatlashgan aksar toshkentliklarga ko‘ra¸ narxi sal qimmat bo‘lsa-da¸ mijozlar yangi so‘yilgani iddao qilinadigan "qo‘l go‘shti"ni xarid qilishni ma‘qul ko‘radi.
XS
SM
MD
LG