Линклар

O‘zbeklarni Rossiyada qidirishning hech ham hojati yo‘q. Har qadamda o‘zbek tilini eshitish mumkin. Biznikilar bu yerda boshqa millatlardan ko‘proq.

Sovet davrida katta shaharga pul ishlash ilinjida kelganlarni avtomatik tarzda "limitchik" deb atashgan. Hozir esa “gastr” deb atashadi. Ayniqsa biznikilar, tojiklar va qirg‘izlarni.

Moskvaga ancha oldin kelib u yoki bu darajada adaptatsiya bo‘lib ketganlar velosiped yoki boshqa turdagi transport vositalarida yurishadi.

Ularning pul jo‘natmoqchi bo‘lganlariga guvoh bo‘ldim. Kassa yopilishidan 10 daqiqa oldin ularga kassa yopilayotganini aytishdi. Kassaga kelgan rus yigiti o‘zining haqqini “talab” qila boshladi, biznikilar esa indamasdan sekin orqaga qaytishdi.

Nijniy Novgorodda qiziq bir holatga duch keldim. Rus ish beruvchilari va ikki o‘zbek gaplashayapti. Ruslarning jahli chiqib omburni so‘rayapti. O‘zbeklar hech narsani tushunmay¸ mendan tarjima qilib yordam berishimni so‘rashdi. O‘shanda Jamshud va Ravshan bekorga o‘ylab topilmaganini tushundim.

Bir tomondan bolalarga rahmim keldi, boshqa tomondan jahlim chiqdi. Nahotki rus tilini hech bo‘lmasa kundalik ehtiyoj darajasida o‘rganish shunchalik qiyin bo‘lsa?

Bu bolalarning ota-onasi rus tilini bilsa kerak. Buning ustiga rus tilidan o‘qituvchilar bor.

Axir til bilgan odamga munosabat boshqacha bo‘lishini hamma biladiku.

XS
SM
MD
LG