Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:06

MTS mijozlari o‘z operatorini himoya qila oladimi?


Toshkentlik ikki nafar huquq himoyachisi - Tat‘yana Davlatova va Vladimir Husainov MTS-O‘zbekiston shirkatini yopgan idorani iste‘molchilar huquqini buzdi¸ deya mahkamaga bermoqchi.

Ular MTS-O‘zbekiston shirkatini yopish uchun Xo‘jalik sudiga bergan O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligini mahkamaga bermoqchi.

Toshkentlik advokat Sergey Mayorov bu ikki huquqbon muvaffaqiyatiga ishonmaydi.

- Mahkama rasman bu arizani qabul qilishi mumkin. Ammo bu yerda qator huquqiy chalkashliklar bor. Birinchidan MTSni agentlik emas¸ balki Xo‘jalik sudi 3 oyga yopib qo‘ydi. Sud qarori ustidan MTS shikoyat qilishi mumkin. Xullas¸ huquqbonlar bu bilan muammoga jamoat nazarini qaratmoqchi bo‘lishgan¸ xolos.

Davlatova va Husainov MTS yopilganidan keyin 30 ming so‘m puli kuygani bois mahkamaga murojaat qilishga qaror qilgan.

Bu ikki huquq himoyachisi masalaning yana bir jihatiga e‘tibor qaratishdi. 9 million mijozga egan bu shirkatdan ko‘p abonent o‘zining shirkat hisobida qolgan 3-4 ming so‘mni qaytarib olishga vaqt sarflamaydi. Oqibatda juda katta pul shirkat hisobida qolib ketadi. Bu pulga pirovardida kim egalik qiladi¸ degan savol ham huquq himoyachilarini tashvishga solmoqda.

Pullar qaytarilmoqda


MTS shirkatining Moskvadagi bosh idorasi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi rahbari Yelena Koxanovskaya Ozodlik bilan suhbatda shirkat mijozlari hisobida qolib ketgan pullar qaytarib berilayotganini bildirdi:

- Biz kechadan boshlab mijozlar pullarini qaytarib berishni boshladik. Yana kimlarningdir puli qolgan bo‘lsa ariza yozib kelishsa qaytarib beramiz¸ dedi 1 avgust kuni Koxanovskaya.

Yelena Koxanovskayaga ko‘ra¸ mijozlarga pul qaytarish jarayonida MTS-O‘zbekistonning ilgari muzlatilgan hisob raqamlari muvaqqat ochib qo‘yilgan.

MTS o‘zini o‘zi himoya qiladi


O‘zbekistondagi ikki inson huquqlari himoyachisining MTSni himoya qilish niyatini olqishlagan Yelena Koxonovskaya¸ aynan shunday jamoatachilik harakatlari bois MTS-O‘zbekiston ustidagi qora bulutlar sal bo‘lsa ham ariganini aytadi.

Mijozlarga pul qaytarish uchun imkon ochilishi vaziyat yumshaganidan darak¸ deydi suhbatdosh.

Yelena Koxanovskaya shirkat rahbariyati O‘zbekistonga kiritgan sarmoyasi va xodimlari haqqini himoya qilish uchun barcha huquqiy imkoniyatlarni ishga solayotganini aytadi:

- Hozir biz da‘vo arizalari hozirlayapmiz, lekin shirkat manfaatlaridan kelib chiqqan holda taktikamizni ochiqlamaymiz. O‘zbekistonda barcha yuridik imkoniyatlarni ishga solib ko‘rdik, natija bo‘lmadi. Endi oxirgi umidimiz prezident Karimovdan. Shu maqsadda Andrey (Dubovskov) O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilib, Konstitutsiya garanti sifatida yordam qilishni so‘radi. Bu oxirgi umidimiz. Lekin biz milliard dollardan oshiq sarmoyamiz va xodimlarimizni himoya qilish uchun barcha huquqiy imkoniyatlardan foydalanamiz¸ dedi 1 avgust kuni Ozodlik muxbiri bog‘langan Koxanovskaya.
XS
SM
MD
LG