Линклар

London-2012: Oltinchi kun ham O'zbekiston uchun medalsiz bo'ldi


O'zbekistonlik dzyudochi Ramziddin Saidov (oq) germaniyalik Dimitri Petersga qarshi.

O'zbekistonlik dzyudochi Ramziddin Saidov (oq) germaniyalik Dimitri Petersga qarshi.

London Olimpiadasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar 2 avgust kuni bo‘lib o‘tgan musobaqalarda sezilarli natijalarga erisha olmadi.

Dzyudochi Ramziddin Saidov (100 kg) 5 ta uchrashuvdan 3 tasida g‘alaba qozondi. Ammo bu g‘alabalar unga bronza medalini keltira olmadi. Suzuvchi Yulduz Qo‘chqorova chalqancha suzish musobaqasida 37-o‘rinni egalladi va yarim final o‘yinlarida ishtirok etish huquqidan maxrum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschi Abbos Atoyev (75 kg) nimchorak finalda ruminiyalik bokschi Bogdan Yuratonini 12:10 hisobida yengdi va keyingi bosqichga yo'llanma oldi. 6 avgust kuni o'tadigan chorak final uchrashuvida Atoyev hindistonlik Vijender bilan bellashadi.

Yana bir bokschi Fazliddin G‘oyibnazarov (60 kg) esa AQSh bokschisi Xose Ramirezni 15:11 hisobida mag‘lub etdi. 6 avgust kuni o'tadigan chorak final uchrashuvida G'oyibnazarov Janubiy koreyalik Xan Sunchulga qarshi kurashadi.

3 avgust kuni Olimpiadada yengil atletika bo‘yicha o‘tuvchi musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar Anastasiya Juravleva, Aleksandra Kotlyarova, Go‘zal Xubbiyeva, Artyom Dyatlov, Suxrob Xo‘jayev ishtirok etadi.

Bokschi Jasurbek Latipov (52 kg) misrlik Xoshim Abdelal bilan ringga tushadi. Og‘ir atletika musobaqalarida esa 85 kilo vazin toifasida Sherzod Yusupov iqatnashadi.
XS
SM
MD
LG