Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:01

Facebookda 83 million soxta a'zo bor


Dunyodagi eng katta Internet ijtimoiy tarmog'i hisoblanmish Facebook saytida bugun qariyb bir milliardga yaqin foydalanuvchi bor. Biroq bu ko'rsatkich qanchalar to'g'ri?

Facebook shirkatining kuni kecha ochiqlagan uch o'ylik hisobotida aytilishicha, tarmoqda hisobdan o'tgan sahifalarning 8,7 foizi - tahminan 83 million akkaunt soxtadir.

Bu akkauntlar uch toifaga bo'lingan - o'ylab topilgan odamlar nomidan ochilgan akkauntlar, asosiy sahifasi bo'la turib, ikkinchisini ochganlarga tegishli akkauntlar va "qiyin", ya'ni tarmoq qoidalarini muntazam ravishda buzib keladigan akkauntlar.

Joriy yilning mart oyida bu ko'rsatkich 5 foiz, yoki tahminan 45 million soxta sahifa edi.

Facebook hisobotida so'nggi bir oy davomida tarmoqqa kirgan faol foydalanuvchilarning soni 955 millionga yetgani va ularning 543 millioni mobil uskunalar orqali Facebookka kirgani aytiladi.

Tarmoqda hozirda kuniga eng kamida 300 millionta rasm yuklanadi. “Like” tugmasini bosish hamda fikr bildirishlar soni kuniga 3 milliarddan oshadi.

Mark Zukerberg tarafidan 2004 yilda asos so'lingan Facebook ning muntazam ravishda o'sib borishiga qaramasdan uning moliyaviy tarafi keskin ravishda pastga sho'ng'ib ketmoqda.

Eslatamiz, joriy yilning may oyida Facebook o'z aksiyalarini sotuvga chiqargan edi. Birinchi kunlari 38 dollardan sotilgan aksiyalar bugun 20 dollarga tushib ketgan.
XS
SM
MD
LG