Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:32

Tatariston ulamolariga hujum uchun mas‘ul shaxs Internetda paydo bo‘ldi


Tatariston muftiysining portlatilgan xizmat mashinasi, 2012 yil, 19 iyul.
Tatariston muftiysining portlatilgan xizmat mashinasi, 2012 yil, 19 iyul.
Ekstremist janggari Tatariston ulamolariga hujum mas‘uliyatini o‘z zimmasiga oldi.

O‘zini Muhammad deb tanishtirgan shaxs 4 avgust kuni Kavkaz-Tsentr Internet saytiga joylashtirgan videolavhada o‘tgan oy Qozon shahrida Tatariston muftiysi va o‘rinbosariga qarshi suiqasd uning buyurtmasiga muvofiq amalga oshirilganini iddao qilgan.

O‘zini “tatariston mujohidlari amiri” deb atagan Muhammad “xudoning dushmanlari”ga qarshi hujumlar davom etishini aytgan.

19 iyul kuni Qozon shahrida Tatariston muftiysi Ildus Fayzovning xizmat mashinasi portlatilgani oqibatida u yaralangan.

Portlatilishidan bir necha soat oldin muftiy o‘rinbosari Valiulla Yaqupov otib o‘ldirilgan edi.

Voqea bo‘yicha yetti kishi, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Abdunozim Otaboyev qo‘lga olingan.

Hujum tashkilotchilari ekanlikda gumonlanayotgangan Robert Valeyev va Rais Mingaleyevga qidiruv e‘lon qilingan.
XS
SM
MD
LG