Линклар

Xalqaro futbol federatsiyasi tarixi va statistikasi dunyoning eng yaxshi klublari reytingini yangiladi.

Iyul oyi natijalariga ko‘ra, Toshkentning "Bunyodkor" klubi dunyo futbol klublari orasida o‘z mavqeni yaxshilab, 171 o‘rindan 142 o‘ringa ko‘tarildi.

Yangi reytingda qator mashxur klublar, jumladan, Italiyaning "Roma", Turkiyaning "Galatasaroy", Germaniyaning "Shtutgart" kabi futbol klublari "Bunyodkor"dan ortda qolgan.

Ayni paytda, Qarshining "Nasaf" jamoasi 293 o‘rindan 211 o‘ringa, Toshkentning "Paxtakor" klubi esa 272 o‘rindan 222 o‘ringa ko‘tarildi.
XS
SM
MD
LG