Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:05

Maykl Felps sportni tark etdi


London Olimpiada o'yinlarida 6 medalni qo'lga kiritgan AQShlik afsonaviy suzuvchi Maykl Felps sportni tark etayotganligini e'lon qildi.

Dunyoning eng yaxshi suzuvchisi deya e'tirof etilgan Felps endi sayohatga berilishi, golf va poker o'yinlari bilan o'z vaqtini o'tkazishini aytmoqda.

Felps 2008 yili haqiqiy sensatsiyaga aylangan edi. Pekinda o'tgan Olimpiadada u suzish musobaqalarida 8 oltin medalni qo'lga kiritib, 1972 yilda yurtdoshi Mark Spits tarafidan erishilgan 7 medallik rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.

Baltimorlik Maykl Felps ilk marotaba Olimpiada o'yinlarida 2000 yili 15 yoshida qatnashgan. O'shanda u Sidney o'yinlarida birorta medalni qo'lga kiritolmagan edi.

To'rt yildan so'ng esa Afinada o'tgan Olimpiada o'yinlarida 19 yoshli Felps ilk bor o'zini ko'rsata oldi. 6 oltin va ikki bronza olgan AQShlik suzuvchi haqiqiy iste'dod egasi ekanligini butun dunyoga namoyish etdi.

2008 yilgi Pekin Olimpiadasi Maykl Felps karyerasining eng cho'qqisiga to'g'ri keldi. Basseynda qirol kim ekanligi tamolila ko'rsata olgan Felps barcha musobaqalarda g'alaba qozonib, AQSh jamoasi g'aznasini 8 oltin medal bilan boyitdi.

Suvda o'zini nayzabaliqday sezganligi uchun "baltimorlik o'q" laqabini olgan 27 yoshli Felps Londonda olgan 4 oltin va 2 kumush medali bilan dunyoning eng ko'p Olimpiya sovrinlariga ega bo'lgan sportchiga aylandi. Uning shaxsiy medallar g'aznasida 18 oltin, 2 kumush va 2 bronza bor.

Felps 2001 yildan beri suzish musobaqalarida 39 jahon rekordini o'rnatgan. Ayni dam u 7 jahon rekordi egasidir.
XS
SM
MD
LG