Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:54

NASAning yirik kosmik apparati Marsga qo'ndi


Kompyuterda chizilgan "Curiosity" kosmik apparati rasmi.
Kompyuterda chizilgan "Curiosity" kosmik apparati rasmi.
"Curiosity" (qiziqish, sinchikovlik - tahr.) nomini olgan NASA kosmik apparati Mars sathiga qo'ndi. Bu haqda AQSh aerokosmik agentligi saytida ma'lum qilindi.

Qizil sayyoraning Geyl krateriga qo'ngan vezdexod 2011 yilning 26 noyabrida fazoga uchirilgan edi. "Curiosity" Mars sayyorasini o'rganish tarixidagi eng katta robotlashtirilgan apparatdir. Uning og'irligi 900 kilogrammni tashkil etadi.

Kosmik apparatning asosiy vazifasi ikki yil davomida sayyora tuprog'ining kimyoviy tarkibini tahlil etish va unda biologik jonzodlar bor yoki yo'qligini o'rganishdan iborat bo'ladi.

NASA saytida aytilishicha, olti g'ildirakka ega bo'lgan vezdexod gaz spektometri, rentgen spektometri, yer ostidagi muz qatlamlarini qidiruvchi DAN neytron indikatori kabi qator kerakli uskunalar bilan jihozlangan.

"Curiosity" vezdexodining Mars sathidan yuborgan suratlaridan biri.
"Curiosity" vezdexodining Mars sathidan yuborgan suratlaridan biri.
Marsga qo'nib ulgurmagan vezdexod NASA boshqaruv markaziga sayyoraning bir nechta suratlarini jo'natidi. Suratlar apparat nomidan olib borilayotgan Twitter sahifasida ham chop etilgan.

Kosmik apparat ma'lumotlarni Mars orbitasidagi "Odissey" sun'iy yo'ldoshi orqali yerga uzatashi aytilmoqda.

Qo'nish joyi sifatida tanlangan Geyl kraterining diametri 160 kilometrga teng. Marsni o'rganadigan olimlarga ko'ra, mazkur kraterning markazida planetada bir vaqtlar suv bo'lganini tasdiqlovchi cho'kindi qoldirlari bor.


“Curiosity” Марсга қўнди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:00 0:00


Kosmik apparatining Quyosh tizimidagi to'rtinchi sayyoraga bo'lgan parvozi 8 oy davom etdi va 566 million kilometrlik masofani tashkil qildi.

2,5 milliard AQSh dollari sarflanayotgan "Curiosity" loyihasi NASAning eng qimmat loyihalaridan hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG