Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:15

O‘zbekiston futbolchilarini Qirg‘izistonga yubormayapti


O‘zbekiston hukumati siyosiy muhit bois o‘z futbolchilariga Qirg‘izistonda bo‘ladigan musoboqalarga borishni tavsiya qilmayapti.

Bu haqda FIFAning bolalar va yoshlar o‘rtasida futbol musoboqalari bo‘yicha konsultanti Valeriy Chuxray bayonot berdi.

"2010 yilda Qirg‘izistonda birinchi xalqaro bolalar turniri o‘tkazilgan edi. Hozir shu turnirning uchinchisi bo‘lyapti. Unda Rossiya va Qozog‘iston qatnashyapti. Lekin, O‘zbekistonning qatnashmayotgani afsuslanarli. O‘zbekiston Federatsiyasi turnirda qatnashmoqchi edi, lekin hukumat ularga Qirg‘izistonga borishlarini tavsiya qilmayapti. Men ularni kelasi yilgi musoboqalarda qatnashishga ko‘ndirishga harakat qilaman”, - deb aytgan Chuxray.

2010 yilgi Qirg‘iziston janubidagi qonli voqealarda besh yuzga yaqin inson halok bo‘lgan, minglab odamlar uylarini tashlab chiqishgandi. Qurbonlarning yetmish foizi o‘zbeklar ekani aytilgan.

Oradan ikki yil o‘tsa-da, o‘zbek va qirg‘iz jamoalari o‘rtasidagi tanglik arigani yo‘q.
XS
SM
MD
LG