Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:51

London-2012: Bokschi Abbos Atoyev yarim finalda


Abbos Atoyev (ko'k) nimchorak finalda ruminiyalik Bogdan Juratoniga qarshi. London, 2 avgust 2012.
Abbos Atoyev (ko'k) nimchorak finalda ruminiyalik Bogdan Juratoniga qarshi. London, 2 avgust 2012.
London Olimpiadasida 75 kg vazn toifasida qatnashayotgan o‘zbekistonlik bokschi Abbos Atoyev yarim final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Chorak finalda Atoyev hindistonlik Vijender Singxga qarshi kurashdi va 17-13 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatamiz, bundan ikki yil muqaddam Guangjouda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlari finalida Abbos Atoyev Vijender Singxga mag‘lub bo‘lgan edi.

10 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final o‘yinida o‘zbekistonlik bokschi yaponiyalik Ryota Murataga qarshi ringga chiqadi.

Chorak finalda turkiyalik Adem Kilichchi ustidan g‘alaba vozongan Murata 75 kg vazn toifasidagi bokschilar reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG