Линклар

Bugun o‘zbekistonlik sportchilar London Yozgi Olimpiadasida musoboqalarning to‘rt turi bo‘yicha bellashishadi.

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Anastasiya Svechnikova nayza uloqtirish musobaqasining saralash bosqichida qatnashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.

Baydarkachi Yuliya Borzova Toshkent vaqti bilan soat 14:07 da boshlanadigan 500 metrga eshkak eshish saralash baxsida qatnashadi.

Yana bir yengil atletikachi Yuliya Tarasova uzoqlikka sakrash bellashuvida qatnashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:05 da boshlanadi.

Yeng yengil vazn toifasida qatnashayotgan bokschi Jasurbek Latipov (52 kg) yarim finalga chiqish uchun mo‘g‘ulistonlik Tugstsogt Nambayarga qarshi ringga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:45 ga belgilangan.

Hozircha O‘zbekiston bitta bronza medal bilan turnir jadvalining 56 pog‘onasida turibdi.
XS
SM
MD
LG