Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:37

Dushanbe meri feysbukchilar bilan uchrashmoqchi


Dushanbe meri Mahmadsaid Ubaydulloyev.
Dushanbe meri Mahmadsaid Ubaydulloyev.

Dushanbe shahri raisi Mahmadsaid Ubaydulloyev Facebook ijtimoiy tarmog‘i faollarini poytaxt muammolarini muhokama qilish uchun “vositachilarsiz” muloqotga taklif qildi.

“Sizning yuqori darajadagi ijtimoiy faolligingiz va shahrimiz rivoji uchun yaratuvchanlik jarayonidagi pozitiv rolingizni qadrlagan holda, shahar tuzilmalari ishini yaxshilash bo‘yicha konstruktiv tanqid va qiziqarli takliflaringizni e‘tiborga olgan holda Sizni “vositachilarsiz” ochiq muloqotga taklif qilaman”, deyiladi Dushanbe meri nomidan Facebook tarmog‘ida yoyinlangan murojaatnomada.

Murojaatnoma muallifi feysbukchilar bilan Dushanbe shahri bosh plani, eski turar-joylarni buzib tashlash, poytaxtning kelajakdagi qiyofasi, yo‘llar ahvoli va jamoatchilik transporti ishi, turar-joy kommunal xo‘jaligi muammolari kabilarni muhokama qilmoqchi ekanini bildirgan.

Shuningdek, murojaatnomada “o‘tib borayotgan Ramazon oyida iste‘mol bozorini eng zarur ehtiyoj mollari bilan to‘ldirish choralari” haqida fikr almashish ham taklif qilingan.

Biroq feysbukchilar bilan uchrashuv mo‘ljallangan 23 avgust kuni ro‘za oyigina emas, balki Ramazon hayiti ham ortda qolishi aftidan Dushanbe meriyasidagi tashabbuskorlarning nazaridan chetda qolgan ko‘rinadi.

Facebook statistikasiga ko'ra, mazkur ijtimoiy tarmoqda 35 ming tojikistonlik foydanaluvchi bor.
Facebook statistikasiga ko'ra, mazkur ijtimoiy tarmoqda 35 ming tojikistonlik foydanaluvchi bor.
Hozirda tadbir tashabbuskorlari uchrashuvga kelolmaydigan kishilar uchun mazkur muloqotni onlayn-translyatsiyasini tashkil etish masalasi yuzasidan bosh qotirmoqda.

Facebook foydalanuvchilari Dushanbe meriyasining bu tashabbusini ijobiy qarshi olganlar hamda poytaxt muammolarini hal qilish bo‘yicha o‘z savol va takliflarini qoldira boshlaganlar.

Ayni paytda mazkur ijtimoiy tarmoqning 93 nafar foydalanuvchisi mazkur uchrashuvda qatnashajaklarini tasdiqlaganlar.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Dushanbe meri Mahmadsaid Ubaydulloyev Facebook tarmog‘ida birinchilardan bo‘lib o‘z sahifasini ochgan tojikistonlik amaldorlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Lekin uning sahifasini ko‘zdan kechirgan media-ekspertlar akkaunt egasining interfaol muloqot ishqibozi emasligini qayd etib, "ko‘rinishidan, bu sahifani meriya matbuot xizmati yuritadi", degan mulohazani bildirmoqdalar.
XS
SM
MD
LG