Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:15

VKontakte bolalar pornografiyasini tarqatishda ayblanmoqda


Facebook tarmog‘ining ruscha analogi hisoblangan VKontakte Rossiya va Belarusda moxolifat faollarining uyushishida qo‘l kelgan.
Facebook tarmog‘ining ruscha analogi hisoblangan VKontakte Rossiya va Belarusda moxolifat faollarining uyushishida qo‘l kelgan.

“Bosh ovchilari” Pedofiliyaga qarshi kurash Rossiya harakati 32 davlat hukumatlariga VKontakte ijtimoiy tarmog‘ini mutlaqo yopib qo‘yish taklifi bilan murojaat qildi. Bu haqdagi xat Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasiga ham yuborildi.

“Bosh ovchilari” (“Oxotniki za golovami”) jamoatchilik tashkiloti VKontakte ijtimoiy tarmog‘ini pornografiya materiallarini e‘lon qilayotganlikda ayblamoqda.

O‘zlarini bachabozlikka qarshi norasmiy kurashchi deya taqdim qilayotgan harakat a‘zolari bu ijtimoiy tarmoqda pornografik materiallar tarqatilishini to‘xtatish talabi bilan Rossiya Ichki ishlar vaziriga murojaat qildi.

Arizada harakat faollari VKontakte ma‘muriyatini pedofil va ruhiy kasal shaxslarga pornografik va erotik materiallarni tarmoqqa bemalol qo‘yish imkoniyatini yaratib berayotganlikda aybladi.

- Bu arizani biz qonunga binoan qabul qilishimiz kerak va qabul qildik ham. Hozirda u Rossiya Federatsiya qonunchiligi asosida ko‘rib chiqilyapti, dedi Rossiya IIV Axborot boshqarmasi boshlig‘i Andrey Pilipchuk.

Ayni paytda, “Bosh ovchilari” harakatining VKontaktedagi guruh sahifasi tarmoq ma‘muriyati tomonidan “vaqtinchalik” yopib qo‘yilgani xabar qilindi.

VKontakteni yopish iltimosi bilan Rossiyadagi 32 mamlakat, jumladan O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilgan harakat rahbari Sergey Juk bu mamlakatlar rahbariyatini VKontakte tarmog‘iga to‘siq qo‘yishga chaqirdi.

- Axir 45 foiz tarmoqdagi bolalar jinsiy tajovuzga uchrayotganini tasdiqlayapti, ya‘ni vaqti-vaqti bilan ular bilan albomlari pornografiyaga to‘la allaqanday kimsalar do‘stlashmoqda. Ya‘ni bu ijtimoiy tarmoqda bolalarga pornografiya qidirishning hojati ham yo‘q – u o‘zi ularni topayapti, deydi blogosferada Gudvin taxallusi bilan tanilgan “Bosh ovchilari” harakati asoschisi Sergey Juk.

Internetda bachabozlikka qarshi kurashayotganini iddao qilayotgan harakat vakillari elchixonalarga yuborgan iltimosnomasida VKontakte ijtimoiy tarmog‘ida 11 million voyaga yetmagan foydalanuvchi borligi, jumladan 7,5 millioni Rossiyadan ekani aytiladi.

VKontakte tarmog‘i pedofiliya va pornografiyada birinchi marta ayblanayotgani yo‘q: shu yil boshlarida VKontakteni “pornografiya resursi” deb e‘lon qilgan Turkiya hukumati unga to‘siq qo‘ygan edi; bu masala Ukraina politsiyasi tomonidan ham ko‘tarilgan. Lekin birinchi marotaba jamoatchilik harakati vakillari tarmoq rahbarining sudga tortilishini talab qilmoqda.

O‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etayotgan VKontakte rahbariyati bolalar pornosi tarmoqda bo‘lmagani va buni ta‘minlash uchun maxsus moderatorlar guruhi ishlayotganini ma‘lum qildi.

Ijtimoiy tarmoq asoschisi Pavel Durov barcha ayblovlarni yolg‘on deya, har qanday pedofiliya yoki pornografiyada gumonlangan material blok qilinayotganini ta‘kidladi.

VKontakte o‘ziga qarshi ayblovlarni “maxsus uyushtirilgan kampaniya” deb, bunga javoban “Devor ortidagi shahar” saytini tashkil etdi.

“Ilg‘or odamlar shaharlarni qurayotgan bir paytda, eskichilar uni devorlar bilan o‘ramoqda. Ammo insoniyat kelajak oldiga devor qo‘ya olmaydi!”, deyiladi VKontakte ma‘muriyati bayonotida.

“Bosh ovchilari” faolligi Rossiya Davlat Dumasi joriy yilning 12 iyulida Runetdagi tsenzura to‘g‘risidagi qonun qabul qilganidan keyin oshgani kuzatilmoqda.

Bu qonunga ko‘ra, Rossiyada internetda taqiq qo‘yilgan sayt va sahifalarning yagona reyestri tuzilmoqda. Unga bolalarning pornografik tasviri, narkotiklarni ishlab chiqarish va hokazo audio, foto va videomateriallarini joylashtirgan saytlar kiritiladi.

Runetdagi eng yirik ijtimoiy tarmog‘i bo‘lgan VKontakte 2006 yilda tashkil topgan.

2012 yilning yanvar oyiga berilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, tarmoqqa kuniga 35 milliondan ziyod foydalanuvchi kiradi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha u o‘zining asosiy raqibi - “Odnoklassniki”dan ham o‘zib ketgan.

VKontakte interfeysi jahonnig 50 tilida amal qiladi.
XS
SM
MD
LG