Линклар

London-2012: O‘zbek sportchilari uchun yana bir medalsiz kun


Jasurbek Latipov (qizil) misrlik Hesham Abdelalga qarshi. 3 avgust 2012, London.

Jasurbek Latipov (qizil) misrlik Hesham Abdelalga qarshi. 3 avgust 2012, London.

London Olimpiadasining 12-kuni to‘rt sport turi bo‘yicha bellashgan O‘zbekiston sportchilariga muvafaqiyatli kelmadi.

Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha 500 metrga ayollar o‘rtasidagi baxsda o‘zbekistonlik Yuliya Borzova yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, biroq final bosqichiga o‘ta olmadi.

Nayza uloqtirish bo‘yicha bellashgan yengil atletikachi Anastasiya Svechnikova saralash bosqichidan chiqa olmadi. Shaxsiy rekordi 61 metrdan oshiqroq bo‘lgan Svechnikova Londonda 51 metr 27 santimetrlik natijani qayd etdi.

Uzoqllikka sakrash bo‘yicha ayollar o‘rsatidagi baxsda qatnashgan yana bir o‘zbek yengil atletikachisi Yuliya Tarasova ham saralash o‘yinlaridan chiqa olmadi.

Boksning eng yengil vazn toifasida bellashayotgan o‘zbekistonlik Jasurbek Latipov chorak finalda mo‘g‘ulistonlik sportchiga 15-10 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Medallar bo‘yicha peshqadamlikni 34 oltin bilan hamon Xitoy saqlab qolmoqda. AQSh 30 oltin bilan ikkinchi, Buyuk Britaniya 22 oltin bilan uchinchi o‘rinda. O‘zbekiston esa bir bronza bilan 65-pog‘onaga tushib ketdi.
XS
SM
MD
LG