Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:17

London-2012: Bugun o‘zbekistonlik besh sportchi bellashadi


Bugun, London Yozgi Olimpiadasining 13-kuni o‘zbekistonlik sportchilar musobaqalarning to'rt turi bo‘yicha bellashishadi.

29 yoshli yengil atletikachi Rifat Artiqov sportning o‘n turini o‘z ichiga olgan o‘nkurash bahslarida qatnashadi. Toshkent vaqti bilan soat 14:20 da boshlanadigan bahslarda Artiqov 100 metrga va 400 metrga yugurish, uzoqlikka sakrash, yadro uloqtirish va balandlikka sakrash sport turlarida kuch sinashadi.

Vadim Menkov esa 14:00 da boshlanadigan 1000 metrlik masofaga kanoeda yakka eshkak eshish musobaqasining final bosqichida kuch sinashadi. 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida Menkov ushbu sport turida to‘rtinchi o‘rinni olgan edi.

Yengil atletikachi Ivan Zaytsev 23:05 da boshlanadigan nayza uloqtirish bellashuvining saralash o'yinlarida qatnashadi.

64 kg vazn toifasida bellashayotgan 21 yoshli bokschi O‘ktamjon Rahmonov chorak final uchrashuvida kubalik Roniyel Iglesias Kotolongoga qarshi ringga chiqadi. Uchrashuv tungi soat 1:30 ga belgilangan.

Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqgan 81 kg vazn toifasidagi Elshod Rasulov chorak final bosqichida rossiyalik Yegor Mexontsev bilan bellashadi. Uchrashuv tungi soat 2:45 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG