Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:33

O'zbekiston FIFA reytingida ikki pog'ona yuqoriladi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi.
FIFA tashkiloti e‘lon qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalarning avgust oyidagi reytingida O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan 2 pog‘ona yuqoriladi.

Ayni damda O‘zbekiston FIFA jahon reytingida 63-o‘rindan joy olgan.

Osiyo zonasida yesa O‘zbekiston 5-o‘rinda mustahkam bormoqda. Birinchi o'rinda Yaponiya, ikkinchi o'rinda Avstraliya, uchinchi o'rinda Janubiy Koreya va to'rtinchi o'rinda Eron terma jamoalari joy olgan.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida esa Ispaniya, Germaniya va Angliya terma jamoalari o‘rin olgan.

Mintaqa mamalakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.
XS
SM
MD
LG