Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:15

London-2012: Nemis og'ir atletikachisi boshiga shtanga tushdi


London Olimpiadasida +105 kg vazn toifasidagi bellashayotgan germaniyalik og'ir atletikachi Matias Shtayner uchun final bosqichi fojeali yakunlanayozdi.

Dastko'tarish bahsida og'irligi 196 kg shtangani ko'tarmoqchi bo'lgan Shtayner xatoga yo'l qo'ydi va kutilmaganda shtangani boshiga tushirib yubordi.

Shtanga zarbasidan yerga qulagan sportchiga yordam ko'rsatish uchun tibbiy va texnik personal jalb qilindi. Biroq 130 kilogramlik germaniyalik polvon taxtasupadan yordamsiz o'zi tushdi.


Tibbiy ko'rikdan so'ng Germaniya og'ir atletika jamoasi bosh murabbiyi Frank Mantek final boshqichini tark etishga majbur bo'lgan Shtayner jiddiy jarohat olmaganini bildirdi.

Eslatamiz, 29 yoshli og'ir atlerikachi Matias Shtayner 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
XS
SM
MD
LG