Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:12

London-2012: Ravshan Ermatov bronza uchrashuvida hakamlik qiladi


O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Londonda o'tayotgan Yozgi Olimpiya o'yinlaridagi futbol musobaqasining broza medali uchun Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasida o'tadigan o'yinda hakamlik qiladi.

Bu haqda FIFA sayti ma'lum qildi.

10 avgust kuni "Millenium Stadium"da Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadigan uchrashuvda Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorovlar yordam beradi.

Bundan oldin London Olimpiadasida Ermatov jamoasi Buyuk Britaniya-Senegal va Meksika-Shveysariya uchrashuvlarida ham hakamlik qilgan edi.

Braziliya va Meksika o'rtasidagi final o'yini 11 avgust kuni bo'lib o'tadi. Finalda qaysi referi hakamlik qilishi haqida hozir ma'lumot yo'q.

Eslatamiz, 4 karra O'siyoning eng yaxshi hakami deb topilgan Ravshan Ermatov bugun, 9 avgust kuni o'zining 35-tavallud ayyomini nishonlamoqda.
XS
SM
MD
LG