Линклар

Olimpiadada yamaykalik qisqa masofaga yuguruvchi Useyn Bolt 200 metrga yugurish musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, beshinchi marotaba Olimpiya chempioni bo‘ldi.

Bugun, 10 avgust kuni dunyodagi eng tez yuguradigan inson deb topilgan Bolt yamaykalik jamoadoshlari bilan 4x100 metrlik estafetada qatnashadi.

Qator jahon rekordlari muallifi Bolt 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida 3 oltin medalni qo'lga kiritgan edi.

Keniyalik David Rudisha 800 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi. Shuningdek, chexiyalik Barbara Shpotakova nayza otishda, irlandiyalik Keti Teylor boksda, yaponiyalik Saori Yosida kurashda, Turkiyalik Servet Tazegul txekvandoda Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdilar.

Olimpiada dorirasida 42 davlat sportchilari chempionlik shoxsupasiga chiqdi. Jami medallar topshiriluvchi shohsupaga 80 davlat vakili ko‘tarildi.
XS
SM
MD
LG