Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:53

London-2012: AQSh oltin medallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda


London Olimpiadasida 9 avgust kuni Rossiya bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalga ega bo‘ldi. AQSh esa beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Buyuk Britaniya va Germaniya musobaqalarning 12 kunida uchtadan oltin medalga ega bo‘ldi. Vengriya ikkita, Xitoy esa bitta oltin medal oldi.

Sh(unday qilib norasmiy jamoaviy hisobda AQSh 39 oltin, jami 90 medal bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Xitoy 37 oltin medal va jami 80 medal bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Uchinchi o‘rinda esa 25 oltin, jami 52 medal bilan Britaniya bormoqda. To‘rtinchi o‘rinni egallab turgan Rossiya hisobida esa 12 oltin medal bor. Rossiya sportchilari Olimpiadada jami 56 medalni qo‘lga kiritgan.

Mintaqa davlatlari orasida Qozog‘iston 11 -o‘rinda bormoqda. Bu mamlakat 6 oltin va 3 bronza medalga egalik qilmoqda. O‘zbekiston va Tojiksiton 1 tadan bronza medalga egalik qilib, turnir pog‘onasining 65-o‘rnidan 70 o‘ringa tushib ketdi.
XS
SM
MD
LG