Линклар

logo-print

Turkiyada parlament deputati o‘g‘irlandi


So‘nggi haftalarda turk harbiylari mamlakatning janubi-sharqiy mintaqalarida Kurd ishchi partiyasi janggarilariga qarshi faol jangovar harakatlarni boshlab yuborgan.

So‘nggi haftalarda turk harbiylari mamlakatning janubi-sharqiy mintaqalarida Kurd ishchi partiyasi janggarilariga qarshi faol jangovar harakatlarni boshlab yuborgan.

Turkiya janubiy-sharqida xavfsizlik kuchlari va harbiylar kurd millatiga mansub deputat Huseyn Aygunni qidirmoqda.

Muxolifatdagi Respublika xalq partiyasidan mamlakat parlamentiga deputat bo‘lib saylangan Aygunning ayirmachi janggarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani taxmin qilinmoqda.

Uning mashinasi O‘vajik va Tuncheli shaharlari o‘rtasidagi avtoyo‘lda qurolli guruh tomonidan to‘xtatilgani ma‘lum.

Mazkur noxush hodisa Turkiya janubiy-sharqidagi asosan kurdlar yashovchi boshqa bir hududda uch turk harbiysi o‘g‘irlanganidan keyin ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi.

So‘nggi haftalarda turk harbiylari bu yerda Kurd ishchi partiyasi janggarilariga qarshi faol jangovar harakatlarni boshlab yuborgandi. Qo‘mondonlik shu paytgacha o‘tkazilgan amaliyotlar chog‘ida 115 nafar ekstremist yo‘q qilinganini bildirmoqda.

Kurd ishchi partiyasi 1984 yilda qo‘liga qurol olgan. O‘shandan buyon sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar va amalga oshirilgan turli hujumlar 45 mingdan ziyod kishining yostig‘ini quritgani aytiladi.
XS
SM
MD
LG