Линклар

Shov-shuvlarga sabab bo'lgan WikiLeaks sayti xakerlar hujumiga uchradi. Avgust oyi boshida boshlangan DDoS-hujum so'nggi kunlari kuchayib, saytni umuman ishdan chiqargani aytilmoqda.

Ayni damda wikileaks.org sayti va unga tegishli ko'zgu veb sahifalari ham yopiq qolmoqda.

WikiLeaks rasmiy Twitter sahifasida aytilishicha, DDoS-hujumning tezligi soniyasiga 10 gigabaytga yetgan. Mazkur hujum oldingilariga qaraganda ancha murakkabroq tuzilgani, unga minglagan IP adreslar jalb etilgani aytilmoqda.

DDoS (Distrubuted Denial of Servis) hujum - serverga kelgan sun'iy talablar ko'pligidan uning ishdan chiqishi.

Hujum mas'uliyatini avval ma'lum bo'lmagan AntiLeaks xakerlar guruhi o'z zimmasi oldi. AntiLeaks guruhi Julian Assanjni (WikiLeaks asoschisi) terrorchi deya atab, hujumga uning javobgarlikdan qochayotgani sabab bo'lganini ma'lum qildi.

- Assanj terrorchilar yangi avlodining yetakchisidir. Biz buni [hujumni] uning javobgarlikdan qochib, Ekvadorga ketmoqchi bo'lgani uchun qilyapmiz. Bu uning izdoshlariga ham o'rnak bo'ladi. Biz yo'limizdan qaytmaymiz va ular bizni to'xtatolmaydilar, - deyiladi AntiLeaks Twitter sahifasida.

Bunga esa hujumlarga tez-tez uchrab keladigan WikiLeaks sayti "bosim bizni faqat kuchlantiradi" qabilida javob qaytardi.

40 yoshli Julian Assanj Buyuk Britaniyada sud orqali Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinish xavfini bartaraf qila olmagach, joriy yilning iyun oyida Londondagi Ekvador elchixonasidan boshpana so‘ragan edi.

WikiLeaks - 2006 yilda asos solingan online tarmoq. Maqsadi- odamlarga haqiqatni yetkazmoq.
Shvetsiya Assanjni jinsiy tajovvuzga oid jinoyatlarda ayblamoqda. Uning tarafdorlari esa Shvetsiya ilgari surayotgan ayblovlar asli avtraliyalik Assanjni Qo‘shma Shtatlarga topshirish uchun bahona deya baholamoqda.
Assanj AQShga tegishli yuz minglab maxfiy hujjatni, jumladan Afg'oniston va Iroqdagi harbiy amaliyotlar haqidagi ma'lumotni WikiLeaks sayti orqali oshkor qilgani uchun Amerikada sud qilinishi mumkin.

Oshkor qilingan hujjatlar orasida O'zbekistonda mafiya va davlat tizimlari o'rtasidagi aloqalar hamda Gulnora Karimovaning gaz eksportini nazorat qilishi haqidagi AQSh diplomatik depeshilari bor.

Ekvador hujumati hali ham elchxonada qolayotgan Assanj arizasi bo'yicha qaror chiqargani yo'q.
XS
SM
MD
LG