Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:26

Futbol: O'zbekiston terma jamaosi Iordaniya termasi bilan bellashadi


Bugun O'zbekiston sport ishqibozlari nigohi XXX Yozgi Olimpiada o'yinlariga mezbonlik qilgan tumanli Albiondan havosi issiq Iordaniyaga ko'chadi.

Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Ummon shahrida Iordaniya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin "Amman International Stadium"da bo'lib o'tadi.

Eslatamiz, avvalroq O'zbekiston va Iordaniya futbol jamoalari o'rtasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish haqida kelishuv tuzilgan edi.

Ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi ham Ummon shahrida bo'lib o'tadi. O'yin 15 avgust kuni "Qirol Abdulla" stadionida Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

O'zbekiston terma jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri Odil Ahmedov jarohati tufayli Irodaniyaga bora olmagani aytilmoqda.

O'rtoqlik uchrashuvlari O'zbekiston terma jamoasi uchun 11 sentabr kuni JCh-2014 saralash o'yinlarining so'nggi bosqichi doirasida Toshkentda o'tadigan Janubiy Koreya termasiga qarshi o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rishga yordam beradi degan umiddamiz.
XS
SM
MD
LG