Линклар

logo-print

Yakshanba kuni Ulyanovsk viloyatida suv ko‘targich minoraning qulashi oqibatida nobud bo‘lgan 4 kishidan 2 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Yana ikki o‘zbekistonlik jarohat oldi.

12 avgust kuni soat 8:45 larda Rossiyaning Ulyanovsk viloyati Yuqori Melekess qishlog‘ida qulab tushgan suv ko‘targich minora ostida g‘isht terayotgan mardikorlar qoldi.

“Hodisa joiyga yetib kelgan qutqaruvchilar shaxsiy bo‘lgan bu minoraning ostidan to‘rt kishining murdasini olib chiqishdi, ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari ekan”, deydi Ozodlik Radiosiga hodisa tafsilotlarini gapirib bergan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Ulyanovsk viloyati bo‘yicha matbuot kotibi Tatyana Nikiforova.

Surat Ulyanovsk viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi tomonidan taqdim etildi.

Surat Ulyanovsk viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi tomonidan taqdim etildi.

- Minora ostida jami to‘rt kishi xalok bo‘ldi: ikkita mahalliy va ikkita o‘zbek, yana ikkita o‘zbek yigitlari jarohatlandi. O‘lgan o‘zbekistonliklar:
Jalilov Umar To‘xtayevich, 1958 yil 10 iyunda tug‘ilgan;
Bobomurodov Akerim Abduxalilovich, 1983 yil 5 mayda tug‘ilgan.
1991 yil 13 dekabrida tavallud topgan Raximov Jahongir ismli yigit yengil jarohat oldi va gospitalizatsiya qilinishdan voz kechdi, uning sog‘ligi normal holatda. Ikkinchi yigit juda og‘ir ahvolda – bu 1973 yilda tug‘ilgan To‘rayev O‘ktam, deya ma‘lum qiladi Ulyanovsk viloyat FVV rasmiysi Tatyana Nikiforova.

Olingan xabarlarga ko‘ra, minora qulagan joyga 56 ta qutqaruvchi va 9 ta yordamchi texnika jalb qilingan. Halok bo‘lgan mahalliy ruslar 61 yoshli brigadir va 26 yoshli traktorchi bo‘lgani aytiladi.

Qutqaruvchilar bergan ma‘lumotga ko‘ra, suv ko‘targich moslama anchadan buyon ishlatilmagan va uning egasi minorani buzishga ishchilarni yollagan.

Bir nafaqaxo‘r bu minorasi sotib olgan va uning kuyovi uni buzishga gastarbayterlarni yollagan ekan, deya davom etadi Tatyana Nikiforova.

Surat Ulyanovsk viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi tomonidan taqdim etildi.

Surat Ulyanovsk viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi tomonidan taqdim etildi.

- Ular mutaxassislar bilan kelishmasdan suv ko‘targich minoranini tagidan buzishayotganda u ishchilarning ustiga qulab tushgan. Mazkur voqea yuzasidan Ulyanovsk prokuraturasi tomonidan RF Jinoyat Kodeksining 143 moddasi asosida jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bugun minora ostidagi g‘ishtlar tagigacha tozalandi. Topilgan o‘liklar morgga, og‘ir jarohat olgan yigit hushsiz holda Dimitrovgrad shahar 2 sonli shifoxonasiga jo‘natildi, dedi FVV rasmiysi.

Ozodlik Dimitrovgrad shifoxonasida qolayotgan 39 yoshli o‘zbekistonlik O‘ktam To‘rayev ahvolini bilish maqsadida shifoxona reanimatsiyasiga murojaat qildi.

- To‘rayevning ahvoli juda og‘ir, juda. Ha, u hushiga keldi, gaplashyapti, lekin umumiy ahvoli juda og‘ir. Uni kecha ertalab olib kelishdi bizga, deydi o‘zini tanishtirmagan Dimitrovgrad shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi vrachi.
XS
SM
MD
LG