Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:05

Jizzax militsiyasi fohishalar bilan kurashishga kirishdi


Mustaqillik bayrami arafasida Jizzax shahri va Zarbdor tumanida militsiya xodimlaridan tashkil topgan maxsus guruh fohishalarni va islovotxonalarni aniqlash operatsiyasini boshladi.

Jizzax viloyatining Zarbdor tumani ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarlikni oldini olish guruhi "tumanni fohishalardan tozalash"ga kirishdi.

Bu haqda xabar tarqatgan Uznews.net Internet nashriga ko‘ra, 10 kishidan iborat militsiya naryadi Zarbdor tumanida “tozalash” ishlarini olib bormoqda.

Ana shu guruhga rahbarlik qilayotgan Zarbdor tumani ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarlikni oldini olish guruhi rahbari A‘zam Shamsiyev Ozodlik savollariga telefon orqali javob berishdan bosh tortdi. U bu borada profilaktik ishlar olib borilayotgani va har qanday savolga faqat yuzma-yuz uchrashganda javob berishi mumkinligini aytdi.

Zarbdor tumani Bo‘ston shaharchasida yashaydigan inson huquqi faoli Ziyodillo Razzoqovning aytishicha, militsiya xodimlari uyma-uy yurib fohishalarni va islovotxonalarni aniqlashga kirishgan:

- Biz ham shu narsani guvohi bo‘ldik. Bir gruppa ichki ishlar xodimlari mahallalarda uyma-uy yurib, tekshiruv olib boryapti. Ular spirtli ichimliklar sotuvi bilan noqonuniy shug‘ullanayotganlarni, fohishalarni “ochistka” qilyapmiz, deyishdi,- deydi Ziyodillo Razzoqov.

Inson huquqi faoliga ko‘ra, ayni paytda jamiyatda fohishalar ko‘paygan.

- Ularning bir qismi sharoitining yo‘qligidan, majburlikdan fohishalikni tanlagan. Ular tanasini sotib bo‘lsa ham kun ko‘rish uchun fohishalik qilishga majbur bo‘lyapti. Menga yaqinda bir 20 kishi kelib fohishalar ko‘payib ketdi, ularni tozalash uchun nima qilishimiz kerak, deb murojaat qildi. Men ularga bu haqda ichki ishlarga murojaat qilishni maslahat berdim,- deydi Ziyodillo Razzoqov.

Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi Bahriddin ismli yigitning aytishicha, jamiyatni fohishalardan tozalash ishlari hamma joyda olib borilyapti:

- Jizzax shahrini fohishalardan tozalashyapti. Zarbdor tumanining Bo‘ston degan shaharchasida Atirgul opa bor, ya‘ni mama Roza. O‘shanikidan qizlarni militsiya olib ketgan, deyishyapti. Jo‘ralarim yangilari bor, yangilari bor, deyishayotgan edi,- deydi Bahriddin.

Biroq, ismi sir qolishini va ovozini eshittirmasligimizni so‘ragan jizzaxlik militsiya xodimining aytishicha, Jizzax shahrida va tumanlardagi qo‘shmachilarning ko‘pchiligi mahalliy uchastka nozirlari bilan kelishib ishlaydi. Ba‘zi paytlarda, ular uyushtirgan maxsus stsenariy asosida “dam olgani” kelgan mijoz militsiya xodimlari tomonidan “ushlab” olinadi va u javobgarlikka tortilishi, ish joyiga yoxud uyiga xabar berilishi mumkinligi haqida qo‘rqitilganidan so‘ng katta pul evaziga “qutulib” ketadi, deydi ismi sir qolishini so‘ragan militsiya xodimi.
XS
SM
MD
LG