Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:57

Artur Taymazov "El-yurt hurmati" medali bilan taqdirlandi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov London Olimpiadasida yutuqlarga erishgan o‘zbek sportchilarini rag‘batlantirish farmoniga imzo chekdi.

Farmonga muvofiq, bronza medallari soxibi dzyudochi Rishod Sobirov va kurashchi Soslan Tigiyevlarga “O‘zekiston iftihori” faxriy unvoni topshirildi.

Yana bir bronza medali egasi bokschi Abbos Atoyevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy nomi berildi.

O‘zbekiston jamoasida yagona oltin medalni qo‘lga kiritgan kurashchi Artur Taymazov esa “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident farmonida mazkur sportchilar o‘z yutuqlari bilan O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e‘tibori va nufuzini oshirishga katta xissa qo‘shganligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG