Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:58

Sanjar Umarov: AQSh O‘zbekistonga bosim qilishi kerak


Sanjar Umarov
Sanjar Umarov

AQShning nufuzli “Los Angeles Times” gazetasi O‘zbekistonlik taniqli muxolifat faoli va sobiq siyosiy mahbus Sanjar Umarovning maqolasini chop etdi.

"O‘zbekiston bundan yaxshiroq hayotga loyiq" sarlavhali maqola AQSh Davlat kotibi Robert Bleykning O‘zbekistonga safari arafasida e‘lon qilindi.

O‘z maqolasida Umarov AQSh O‘zbekistonda inson huquqlari vaziyatini yaxshilash uchun hukumatga bosim qilishi lozimligini ta‘kidlagan.

Umarovning yozishicha, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumatidan inson huquqlarini yaxshilash borasida aniq qadamlar talab qilishi kerak.

"Nohaq qamalgan huquq himoyachilari, jurnalistlar va muxolifat a‘zolarining ozod etilishi borasida qat‘iy talablarni qo‘yishi kerak",- deb yozadi "Serquyosh O‘zbekiston" muxolifat koalitsiyasiga asos solgan Sanjar Umarov.

O‘zining ham xalqaro bosimlar samarasi o‘laroq, ozod etilganini ta‘kidlagan o‘zbek muxolifatchisi O‘zbekistonda hali ham minglab odam qiynoq va zo‘ravonliklardan azob chekayotganini eslatgan.

"Mening omadim bor ekan, lekin minglab mahbus o‘zbek qamoqxonalarida qiynoq va zo‘ravonliklarga duch kelmoqda, millionlab odam oddiy huquqlaridan mahrum va doimiy qo‘rquvda yashada",- deb yozadi Sanjar Umarov.

“Serquyosh O‘zbekiston” rahbari 2005 yil 13 may voqealari bo‘yicha xalqaro tekshiruv o‘tkazish talabi bilan chiqishi ortidan moliyaviy jinoyatlarda ayblanib 14.5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

2009 yil noyabrida Hillari Klintonning O‘zbekistonga safari arafasida u ozod etilgan edi.

“Men o‘lim yoqasiga kelib qolgandim. 2008 yilda mening xotinim Indira bilan uchrashishga ruxsat berilganda, qiynoqlardan shu qadar ojiz bo‘lib qolgandimki, xotinimni zo‘rg‘a tanigan edim",- deb xotirlaydi sobiq siyosiy mahbus o‘zbek qamog‘ida ko‘rgan-kechirganlarini.

Hozir Sanjar Umarov oilasi bilan Qo‘shma Shtatlarda yashamoqda.
XS
SM
MD
LG