Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:14

Futbol: O'zbekiston - Iordaniya 0:2


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Ummon shahrida Irodaniya termasiga qarshi o‘tkazgan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida mezbonlarning qo‘li baland keldi.

15 avgust kuni "Qirol Abdulla" stadionida o‘tgan o‘yinda iordaniyaliklar Mirjalol Qosimov boshchiligadi O‘zbekiston jamoasi darvozasiga ikki javobsiz gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Gollarga uchrashuvning 57-daqiqasida Ahmad Xatl va 68-daqiqasida Hasan Abdul Fattohlar mualliflik qilishdi.

Ikki kun avval o‘tgan birinchi o‘rtoqlik uchrashuvidagi 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi mazkur bellashuvga asosan zahira o‘yinchilarini tushirgani aytilmoqda.

O‘rtoqlik uchrashuvlaridan asosiy maqsad 11 sentyabr kuni JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasi Janubiy Koreya jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlikdir.
XS
SM
MD
LG