Линклар

Ekvador hukumati WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjga siyosiy boshpana berdi. Bu haqda e‘lon qilgan Ekvador Tashqi ishlar vaziri Rikardo Patino mazkur qarorga izoh sifatida inson huquqlariga oid bir qator xalqaro kelishuvlarni sanab o‘tib, o‘z hukumati Britaniya, Shvetsiya va AQSh hukumatlaridan Assanj adolatli sud qilinishi va uchinchi davlatga berib yuborilmasligi to‘g‘risida kafolat ololmaganini bayon qildi.

Poytaxt Kito shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirgan Patino Britaniya hukumatini Ekvador Assanjga boshpana beradigan taqdirda buning oqibatlari bo‘lishi borasida tahdid qilganlikda tanqid qildi.

Assanj Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishi xavfidan qochib, 19 iyundan beri Londondagi Ekvador elchixonasida yashirinib o‘tiribdi. Shvetsiya rasmiylari uni jinsiy tajovuzda ayblamoqda.

Assanjning o‘zi va tarafdorlari ektraditsiya qilinadigan taqdirda, Shvetsiya uni Qo‘shma Shtatlarga topshirishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Assanj maxfiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun AQShda javobgarlikka tortilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG